locale OZ

“Bavariya” Nataniel Braun transferi boʻyicha kelishuvga erishdi

Myunxenliklar 22 yoshli futbolchi uchun 55 million yevro toʻlaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bavariya” Nataniel Braun transferi boʻyicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi “Ayntraxt” himoyachisi va Germaniya terma jamoasi futbolchisi Nataniel Braunni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, myunxenliklar 22 yoshli futbolchi transferi uchun 55 million yevro to‘laydi. Kelishuvning yakuniy tafsilotlari bo‘yicha muzokaralar nihoyasiga yetkazilmoqda.

Qayd etilishicha, Braun “Bavariya”ning mudofaa chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan. Futbolchining transferi yaqin vaqt ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Nataniel Braun 2024-yildan buyon Frankfurtning “Ayntraxt” klubida to‘p surmoqda. U 2025-yilda Germaniya terma jamoasida debyut qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting