“Bavariya” Morgan Gibbs-Uaytga qiziqish bildirmoqda
“Nottingem Forest”ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. Myunxenning “Bavariya” klubi 26 yoshli ingliz futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Bavariya” Gibbs-Uayt uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Agar transfer amalga oshsa, u Myunxenda Angliya terma jamoasidagi sherigi Harri Keyn bilan bir jamoada to‘p tepishi mumkin. Avvalroq futbolchiga “Tottenhem” ham qiziqish bildirgan edi.
Gibbs-Uayt 2026/27-yilgi mavsumni ham faol boshladi. U APLdagi dastlabki besh uchrashuvda 1 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi. O‘tgan mavsum esa futbolchi 37 ta liga uchrashuvida 15 ta gol urib, 4 ta assist amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Morgan Gibbs-Uayt 2025-yil yozida “Nottingem Forest” bilan shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirgan. Klub o‘sha paytda futbolchini jamoaning kelajakdagi asosiy yetakchilaridan biri sifatida ko‘rishini ta’kidlagan edi.