«Bavariya» moliyaviy talablar sababli Kennet Ayxxorn transferidan voz kechdi
Myunxenning «Bavariya» klubi «Gerta»ning 16 yoshli yarimhimoyachisi Kennet Ayxxornni sotib olish fikridan qaytdi, deb xabar bermoqda Kicker nashri.
Bunga futbolchining tomoni talab qilgan haddan tashqari yuqori moliyaviy shartlar asosiy sabab bo‘lgan: o‘yinchi, uning oilasi va agentlari uchun so‘ralgan bonus miqdori juda katta summani tashkil etishi va yakunda «Gerta»ga to‘lanadigan kompensatsiya miqdoridan ham oshib ketishi mumkin edi.
Klub sport direktori Maks Eberlning qiziqishi va futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqaniga qaramay, «Bavariya» rahbariyati bir necha oy oldin ham ushbu kelishuvga shubha bilan qaragan edi. Oxirgi muzokaralar esa rahbariyatning bu boradagi pozitsiyasini yanada mustahkamladi.
Hozirda myunxenliklar o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchilarini rivojlantirishni ustuvor vazifa deb bilishmoqda. Klub ijaradan qaytadigan yarim himoyachi Noel Aseko-Nkiliga hamda mushak jarohatidan tiklanayotgan David Santushning o‘sishiga umid bog‘lamoqda.
Shunga qaramay, Ayxxornga bo‘lgan qiziqish butunlay yo‘qolgani yo‘q: futbolchi atrofidagi vaziyatni «Bayer» va «RB Leypsig» klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda. Transfermarkt portali yosh iqtidor egasini 20 million yevroga baholagan.