locale OZ

“Bavariya” Maykl Oliseni “Real”ga 200 mln yevroga sotishi mumkin

“Qirollik klubi” esa 24 yoshli futbolchining holatini kuzatishda davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bavariya” Maykl Oliseni “Real”ga 200 mln yevroga sotishi mumkin
Foto: Getty Images

“Bavariya” vingeri Maykl Olise faoliyatini kelajakda “Real Madrid”da davom ettirishi mumkin. El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, Myunxen klubi fransiyalik futbolchini sotishni rejalashtirmayapti, biroq 200 mln yevroga yaqin taklif klub pozitsiyasini o‘zgartirishi mumkin. “Real” esa 24 yoshli futbolchining holatini kuzatishda davom etmoqda.

“Bavariya”ning asosiy maqsadi Olise bilan yangi shartnoma imzolash. Futbolchining amaldagi kelishuvi 2029-yilgacha mo‘ljallangan, klub esa uni 2032-yilgacha uzaytirishni istamoqda. Sport Bild ma’lumotiga ko‘ra, yangi bitimda Olisening yillik maoshi 25 mln yevrogacha oshirilishi mumkin.

Muzokaralardagi asosiy masalalardan biri — futbolchining yangi shartnomaga tovon puli bandi kiritilishini istayotgani. Hozirgi kelishuvda bunday band yo‘q. Olise tomoni yangi bitimda chiqish imkoniyatini saqlab qolmoqchi, ehtimoliy tovon puli esa 200 mln yevrodan yuqori bo‘lishi mumkin. Bu holat “Real Madrid” va “Liverpul” kabi klublarning e’tiborini tortmoqda.

Ma’lumot uchun, Olise “Bavariya”ga 2024-yilda “Kristal Pelas”dan kelib qo‘shilgan. U qisqa vaqt ichida Myunxen klubining hujumdagi asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va ayni paytda “Bavariya” uni uzoq muddatga jamoada saqlab qolishni ustuvor vazifa deb bilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting