locale OZ

\"Bavariya\" Martinellini sotib olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bavariya" Martinellini sotib olmoqchi
Photo: Getty Images

"Bavariya" "Arsenal" vingeri Gabriel Martinelli bilan shartnoma imzolash niyatida. Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi Florian Wirtz’ni qo‘ldan chiqargan. Natijada klub “to‘pchilar”ning 24 yoshli braziliyalik futbolchisiga e’tibor qaratgan.

Shu bilan birga, "Arsenal" Martinellining maoshini kamaytirmoqchi. Londonliklar 58 mln yevrodan ortiq mablag‘ evaziga futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Martinelli 2024/25 yilgi mavsumda "Arsenal" tarkibida 51 o‘yinda 10 ta gol urib, 6 ta golga assistentlik qilgan. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 55 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting