locale OZ

«Bavariya» «Man Siti»ning sobiq murabbiyi bilan shartnoma imzoladi

Myunxenliklar hozirda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» «Man Siti»ning sobiq murabbiyi bilan shartnoma imzoladi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi rasmiy sayti orqali murabbiy Daniyel Fredli bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Fredli so‘nggi paytgacha Xosep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. Endilikda u Vensan Kompanining «Bavariya»dagi yordamchisiga aylanadi.

«Myunxenga xush kelibsan, Daniyel!» — deb yozdi klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» 2025/2026 yilgi Bundesliga turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Myunxenliklar 15 ta o‘yindan so‘ng 41 ochko jamg‘argan. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Dortmundning «Borussiya»sidan farq 9 ochkoni tashkil etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting