locale OZ

“Bavariya” “Liverpul” futbolchisiga ko‘z tikdi: sabab — Maykl Olise atrofidagi noaniqlik

Fransiyalik futbolchining klubdagi uzoq muddatli kelajagi hozircha aniq emas.
“Bavariya” “Liverpul” futbolchisiga ko‘z tikdi: sabab — Maykl Olise atrofidagi noaniqlik
Foto: Getty Images

“Bavariya” “Liverpul” yarim himoyachisi Florian Virtsning transferini ko‘rib chiqmoqda. Myunxen klubi bu variantni jamoaning hujumkor futbolchisi Maykl Olisening kelajagi borasidagi noaniqlik sabab o‘rganmoqda. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” Olisesiz tarkibni shakllantirish variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda. Fransiyalik futbolchining klubdagi uzoq muddatli kelajagi hozircha aniq emas. Shuningdek, uning Ispaniya klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Xususan, yozgi transfer oynasida “Real Madrid” Oliseni tarkibiga qo‘shishga urinayotgani haqida xabarlar chiqqan. Shuningdek, Fransiya terma jamoasidagi sherigi Kilian Mbappe uni Madrid klubiga o‘tishga ko‘ndirgani haqida ham ma’lumotlar tarqalgan.

Ma’lumot uchun, Florian Virts 2025-yil iyunida “Bayer”dan “Liverpul”ga o‘tgan. Germaniyalik futbolchi avval “Bavariya”ning ham transfer maqsadlaridan biri bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting