locale OZ

«Bavariya» Laymer bo‘yicha bir qarorga keldi

Uning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Laymer bo‘yicha bir qarorga keldi
Фото: Bild

"Bavariya" himoyachi Konrad Laymer bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘lishgan, biroq hozircha futbolchiga "Bavariya"dan rasmiy taklif bo‘lmagan.

Shunga qaramay, 28 yoshli futbolchi bilan tez orada muzokaralar yana boshlanishi kutilmoqda. Kelishuv 2025 yil oxirigacha uzaytirilishi aytilmoqda.

2023 yilda "Bavariya" Laymerni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan edi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting