locale OZ

«Bavariya» klubdagi sakkiz yildan so‘ng Leon Goretska bilan xayrlashdi

31 yoshli Leon Goretska 2018-yildan buyon «Bavariya» safida to‘p surib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» klubdagi sakkiz yildan so‘ng Leon Goretska bilan xayrlashdi
ФОТО: Getty images

Germaniyaning «Bavariya» klubi X ijtimoiy tarmog‘ida shartnomasi muddati tugaganidan keyin jamoani tark etadigan yarim himoyachi Leon Goretska bilan xayrlashdi.

«8 yil. 16 ta sovrin. Meros. Barcha narsalar uchun rahmat, Leon. Sening yo‘ling abadiy tariximizning bir qismi bo‘lib qoladi», — deyiladi klub xabarida.

31 yoshli Leon Goretska 2018-yildan buyon «Bavariya» safida to‘p surib kelayotgandi. U klub bilan birga yetti karra Germaniya chempioni (2018/2019, 2019/2020, 2020/2021, 2021/2022, 2022/2023, 2024/2025, 2025/2026), uch karra Germaniya kubogi sohibi (2018/2019, 2019/2020, 2025/2026), to‘rt karra mamlakat Superkubogi sohibi (2018, 2020, 2021, 2025), Chempionlar ligasi (2019/2020), UEFA Superkubogi (2020) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (2020) g‘olibi bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting