locale OZ

«Bavariya» ketma-ket oltita oʻyindan beri «Bayer»ga yutqazmayapti

Myunxenliklar soʻnggi bor 2024 yilning dekabrida leverkuzenliklarga imkoniyatni boy berishgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» ketma-ket oltita oʻyindan beri «Bayer»ga yutqazmayapti
FOTO: Getty Images

«Bavariya» Germaniya kubogi yarimfinalida «Bayer»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi — bu myunxenliklarning leverkuzenliklarga qarshi o‘zaro qarama-qarshiliklardagi ketma-ket oltinchi mag‘lubiyatsiz o‘yini bo‘ldi.

«Bavariya» so‘nggi bor 2024 yil 3 dekabrda Germaniya Kubogi 1/8 finalida «Bayer»ga (0:1) imkoniyatni boy bergan edi. O‘shandan beri Myunxen klubi Germaniya Kubogi, Bundesliga va UEFA Chempionlar Ligasi doirasida leverkuzenliklar ustidan to‘rtta g‘alaba va ikki durang qayd etdi.

Chorak final bosqichida «Bavariya» «RB Leypsig»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. «Bayer» esa o‘z navbatida musobaqaning ushbu bosqichida «Sankt-Pauli»dan ustun kelgandi — 3:0.

Germaniya Kubogi yarimfinalining ikkinchi juftligida «Shtutgart» va «Frayburg» jamoalari to‘qnash kelishadi. Ushbu uchrashuv bugun, 23 aprelga rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, «Shtutgart» Germaniya kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi. Jamoa 2024/2025 yilgi mavsum finalida «Arminiya»ni 4:2 hisobida taslim etib, sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting