locale OZ

“Bavariya” Kayo Jorjeni kuzatish uchun Braziliyaga skautlar yubordi

“Kruzeyro” futbolchining ehtimoliy transferidan 40–45 million yevro olishni rejalashtirmoqda.
“Bavariya” Kayo Jorjeni kuzatish uchun Braziliyaga skautlar yubordi
Foto: Getty Images

“Bavariya” “Kruzeyro” hujumchisi Kayo Jorjega jiddiy qiziqish bildirmoqda. Myunxen klubi 24 yoshli braziliyalik futbolchining o‘yinini bevosita kuzatish uchun Braziliyaga o‘z skautlarini yubordi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Kayo Jorje “Bavariya” tomonidan hujum chizig‘ini kelajak uchun kuchaytirish variantlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Xususan, braziliyalik futbolchi Harri Keynga muqobil hujumchi bo‘lishi mumkin. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan va “Bavariya” futbolchini kuzatish bosqichida.

Jorje joriy Braziliya chempionatida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. “Kruzeyro” futbolchining ehtimoliy transferidan 40–45 million yevro olishni rejalashtirmoqda. Uning bozor qiymati esa taxminan 25 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Kayo Jorjening “Kruzeyro” bilan shartnomasi 2030-yil dekabrigacha amal qiladi. Hujumchi avval Yevropada “Yuventus” va “Frozinone” klublari safida to‘p surgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting