«Bavariya» joriy mavsumdagi ilk magʻlubiyatini qabul qilib oldi
Myunxenliklar YChL doirasida «Arsenal»ga imkoniyatni boy berdi.
FOTO: Getty Images
«Bavariya» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Arsenal»ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa myunxenliklar 2025/2026 yilgi mavsumdagi ilk magʻlubiyatini qayd etdi.
Bungacha Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa 18 ta o‘yin o‘tkazib, 17 bor g‘alaba qozongan va faqat bir marta durang bilan cheklangandi.
Nemis klubi hozirda Chempionlar ligasi umumiy jadvalida 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Bosqich yakunlanishiga hali uch tur qolgan.
Germaniya chempionatida esa «Bavariya» 11 uchrashuvdan so‘ng 31 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va yaqin ta’qibchi «RB Leyptsig»dan 6 ochko oldinda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist