locale OZ

“Bavariya” Jonatan Ta uchun kurashga qo'shildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bavariya” Jonatan Ta uchun kurashga qo'shildi
FOTO: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi “Bayer” himoyachisi Jonatan Ta va uning vakillari bilan muzokaraga kirishdi. Bu haqda jurnalist va insayder Florian Plottenberg xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Bavariya” sport direktorlari Maks Eberi va Kristof Freund yozda erkin agentga aylanadigan germaniyalik futbolchining transferini rahbariyatdan talab qilmoqda.

Avvalroq, OAV'da Xabi Alonso “Real Madrid” bosh murabbiyiga aylansa, Tani ham o'zi bilan olib kelmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Qayd etilishicha, “Barselona” ham nemis vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda va futbolchi bilan shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishgan. Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sabab transfer yakuniga yetmay qolmoqda.

Ma'lumot uchun, Jonatan Ta joriy mavsum barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting