locale OZ

«Bavariya» Jeksonning ijarasi uchun 15 mln yevro taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Jeksonning ijarasi uchun 15 mln yevro taklif qildi
Фото: Getty Images

"Bavariya" va "Chelsi" hujumchi Nikolas Jekson bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, Myunxen klubi 24 yoshli senegallik forvardning ijarasi uchun "Chelsi"ga 15 million yevro taklif qilgan.

Shuningdek, "Bavariya" uning maoshini ham to‘liq qoplab berish majburiyatini zimmasiga olgan. Shartnomada transferni to‘liq sotib olish bandi ham kiritiladi.

London klubi ushbu taklifga hozircha hech qanday javob qaytargani yo‘q.

Transfermarkt saytida Nikolas Jeksonning taxminiy narxi – 50 million yevro.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting