«Bavariya» Jeksonni toʻliq sotib olmasligini tasdiqladi — manba
Senegallik futbolchi yozda «Chelsi» ixtiyoriga qaytadi.
FOTO: Getty Images
Myunxenning «Bavariya» klubi Londonning «Chelsi» jamoasidan hujumchi Nikolas Jeksonning transfer huquqini sotib olmoqchi emas. Bu ma’lumotni nemis klubi menejeri Maks Eberl ZDF de telekanali efirida tasdiqladi.
Shunday qilib, mavsum yakunlangach, senegallik futbolchi Angliya klubi ixtiyoriga qaytadi.
«Bavariya» Jeksonni 2025 yilning avgust oyida «Chelsi»dan ijaraga olgan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, futbolchini sotib olish varianti taxminan 64 million yevroni tashkil qiladi.
Joriy mavsumda 24 yoshli forvard myunxenliklar safida barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 ta gol va 4 ta golli uzatma mavjud. Jeksonning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist