locale OZ

«Bavariya» Jeksonni sotib olmaslikka qaror qildi

24 yoshli senegallikning narxini 45 million yevroga baholamoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Jeksonni sotib olmaslikka qaror qildi
ФОТО: Getty images

"Bavariya" klubi forvardi Nikolas Jekson mavsum yakunlangach, "Chelsi"ga qaytadi. Bu haqda Topskills Sports UK xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Jekson o‘z o‘yinida "Bavariya"ni hayratda qoldira olmadi.

Shu sabab klub rahbariyati senegallik forvardni sotib olmaslikka qaror qilgan.

"Bavariya" Harri Keynning o‘rnini vaqti-vaqti bilan to‘ldirib turadigan yangi hujumchi qidirmoqda.

"Bavariya" Jeksonni o‘tgan yilning sentabrida ijaraga olgan edi. Jamoa tarkibida u 21 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali mutaxassislari 24 yoshli senegallikning narxini 45 million yevroga baholamoqda

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting