locale OZ

«Bavariya» Jekson bo'yicha bir qarorga kelgan

"Bavariya" Nikolas Jeksonni sentabr oyida "Chelsi"dan joriy mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Jekson bo'yicha bir qarorga kelgan
ФОТО: Getty images

“Bavariya” klubi “Chelsi”dan ijaraga olingan hujumchi Nikolas Jeksonni sotib olish imkoniyatidan foydalanmoqchi emas. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya" hujumchini sotib olish imkoniyatini faollashtirishi ehtimoldan yiroq.

Premyer-liga va A Seriya klublari, shuningdek, "Galatasaroy" Jeksonni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

"Bavariya" Nikolas Jeksonni sentabr oyida "Chelsi"dan joriy mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi.

Senegallik hujumchi joriy mavsumda Myunxen klubi safida barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting