locale OZ

«Bavariya» Jekson bo‘yicha bir qarorga keldi

Tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada sotib olish majburiyati bor edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Jekson bo‘yicha bir qarorga keldi
ФОТО: Getty images

“Bavariya” klubi “Chelsi” forvardi Nikolas Jeksonni sotib olmasligi mumkin. Bu haqda Abendzeitung nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada sotib olish majburiyati bor edi.

Myunxenliklar hujumchini Bundesliga va Chempionlar Ligasida 40 ta o‘yinda kamida 45 daqiqa maydonda bo‘lsa, 65 million yevroga sotib olishlari shart edi. Ammo senegallik futbolchi bu shartni endi hatto nazariy jihatdan ham bajara olmaydi.

Germaniya grandi hali ham o‘z xohishiga ko‘ra Nikolas Jekson transferini amalga oshirishi mumkin, biroq klub ma’muriyati buni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. 24 yoshli futbolchi Vensan Kompani jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va bitta gol uzatmasini amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting