locale OZ

“Bavariya” Janubiy Koreyada navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Mazkur uchrashuv “Bavariya”ning yangi mavsum oldidan olib borayotgan tayyorgarlik jarayonining bir qismi bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bavariya” Janubiy Koreyada navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Foto: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi mavsumoldi tayyorgarligi doirasida Janubiy Koreyaning “Jeju Yunayted” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdiSogvipxo shahridagi “Jeju World Cup” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs Germaniya klubi foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Felipe Chaves “Bavariya”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Li Chang Min mezbonlar safida muvozanatni tikladi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishiga oz vaqt qolganida Bastian Assomo Joau Palinyaning uzatmasidan so‘ng gol urib, “Bavariya”ga yana ustunlikni qaytarib berdi. Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi va myunxenliklar 2:1 hisobidagi g‘alabani saqlab qoldi.

Mazkur uchrashuv “Bavariya”ning yangi mavsum oldidan olib borayotgan tayyorgarlik jarayonining bir qismi bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting