locale OZ

«Bavariya» «Hoffenhaym» hujumchisini Harri Keyn oʻrniga olib kelmoqchi

Ushbu transfer kelasi yozda amalga oshishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Harri Keynga oʻrinbosar topdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi «Hoffenhaym» hujumchisi Fisnik Aslaniga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Florian Plottenberg xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, «Bavariya» 23 yoshli futbolchining nomzodini Harri Keynga oʻrinbosar sifatida koʻrib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, Aslani kelasi yozda «Hoffenhaym»ni tark etadi. Futbolchiga, shuningdek, «Barselona» va bir necha Yevropa klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, Aslani joriy mavsum barcha turnirlarda 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting