locale OZ

«Bavariya» himoyachisi faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin

Shuningdek, futbolchiga «Galatasaroy» ham qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» himoyachisi faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Bavariya»ning o‘ng qanot himoyachisi Sasha Boe qishki transfer oynasida jamoasini tark etishi mumkin.

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko‘ra, myunxenliklar fransiyalik futbolchini yanvar oyidayoq boshqa klubga qo‘yib yuborishga tayyor. Buning sababi — himoya qanotlarida tanlovning juda katta ekani.

Manbaga ko‘ra, Boega bo‘lgan qiziqish Italiya grandlaridan biri — «Yuventus» tomonidan qayta jonlanishi mumkin. Turin klubi uni yozda ham sotib olishga urinib ko‘rgandi. Shuningdek, futbolchiga sobiq jamoasi «Galatasaroy» ham da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.

Maʼlumot uchun, Boe 2024 yil yanvar oyida «Galatasaroy»dan «Bavariya»ga 20 million yevro evaziga transfer qilingan. Joriy mavsumda u Bundesliga doirasida 9 ta o‘yin o‘tkazgan, biroq golli harakatlar amalga oshira olmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting