locale OZ

«Bavariya» himoyachisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Hozirda ushbu transferga ikki London klubi qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» himoyachisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Bavariya»ning fransiyalik himoyachisi Sasha Boe faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, futbolchiga Londonning ikki klubi — «Kristal Pelas» va «Vest Hem» tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda.

23 yoshli himoyachini har ikki klub yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida qo‘lga kiritish variantini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq Boega Italiya giganti «Yuventus»dan ham qiziqish mavjudligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Sasha Boening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. U myunxenliklar safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va beshta golga uzatma berdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting