locale OZ

“Bavariya” Harri Keynga o'rinbosar topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bavariya” Harri Keynga o'rinbosar topdi
FOTO: Getty Images

“RB Leypsig”ning 21 yoshli hujumchisi Benjamin Sheshko faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Myunxen klubi sloveniyalik futbolchini Harri Keynning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Avvalroq, OAV'da Keynning APL'ga qaytish istagi borligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Ma'lumot uchun, Sheshkoning “RB Leypsig” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 65 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting