locale OZ

«Bavariya» Harri Keyn bilan shartnomani uzaytirishga tayyorligini bildirdi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Harri Keyn bilan shartnomani uzaytirishga tayyorligini bildirdi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drezen hujumchi Harri Keyn bilan shartnomani uzaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

«Harrining amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan, uni sotib olish bo‘yicha belgilangan tovon puli bandi esa yanvar oyida o‘z kuchini yo‘qotgan. Harri bilan munosabatlarimiz a’lo darajada, uning o‘zi va oilasi Myunxenda o‘zlarini juda qulay his qilishmoqda. Kelasi mavsum oldidan u bilan kelajak rejalarini xotirjam muhokama qilib olamiz. Biz uning ko‘rsatayotgan o‘yinidan juda mamnunmiz», — deydi Drezen.

Angliyalik hujumchi 2023 yilning yozida «Tottenhem»dan myunxenliklar safiga kelib qo‘shilgan edi. O‘shandan buyon u jamoa tarkibida 133 ta uchrashuvda maydonga tushib, 130 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati ayni paytda 65 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting