«Bavariya» Gordon uchun asosiy da'vogar
Muzokaralar boshlanishi mumkin.
ФОТО: Getty images
“Nyukasl” vingeri Entoni Gordon faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda The Times nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, agar Germaniya klubi kamida 75 million funt taklif qilsa, “qarg‘alar” 25 yoshli futbolchi bo‘yicha “Bavariya”ga transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor.
Ba’zi manbalarda aytilishicha, klub Gordonni dastlab taxminan 55 million funtga baholagan edi, ammo “Nyukasl” faqat boshlang‘ich narx 75 millionga ko‘tarilgan taqdirdagina kelishuvni muhokama qilishga tayyor.
Joriy mavsumda Entoni APLda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist