«Bavariya» Gordon transferini jiddiy ko‘rib chiqmoqda
Gordon 2023 yil yanvarida «Everton»dan «Nyukasl»ga 45,6 million yevro evaziga o‘tgan edi.
ФОТО: Getty images
«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon «Bavariya»ning yozgi transferlar ro‘yxatidan joy olgan.
Sky Sports jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, Myunxen klubi 25 yoshli futbolchini jiddiy variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. «Bavariya» Gordonni Luis Diasga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Hozircha tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda, biroq «Bavariya» va «Nyukasl» klublari hali to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqmagan.
Shu bilan birga, «qarğalar» Entoni Gordonni jamoada saqlab qolishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Gordon 2023 yil yanvarida «Everton»dan «Nyukasl»ga 45,6 million yevro evaziga o‘tgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist