«Bavariya» gollar soni boʻyicha Bundesliga rekordini oʻrnatdi
Myunxenliklar joriy mavsum raqiblar darvozasini 51 marta ishgʻol qildi.
FOTO: Getty Images
Myunxenning «Bavariya» klubi Germaniya Bundesligasining 14-turi doirasida «Mayns»ga qarshi o‘yinda (2:2) yangi samaradorlik rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Opta xabar bermoqda.
Mazkur uchrashuvda myunxenliklar joriy mavsumdagi gollari sonini 50 taga yetkazdi. Qayd etilishicha, Bundesligalar tarixida hech bir jamoa chempionatning bu qadar erta bosqichida bunday natijaga erisha olmagan.
Ayni vaqtda «Bavariya» raqiblar darvozasini 51 marta ishg‘ol qilgan, o‘z darvozasidan esa bor-yo‘g‘i 11 ta gol o‘tkazib yuborgan.
14 tur yakunlariga ko‘ra, Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa 38 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi turda Myunxenning «Bavariya»si 21 dekabr kuni safarda «Haydenhaym»ga qarshi maydonga tushadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist