«Bavariya» gol urish boʻyicha top-5 chempionat doirasida yetakchilik qilmoqda
Myunxenning «Bavariya» klubi Yevropaning top-5 ligalari jamoalari orasida chempionat doirasida urilgan gollar soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Bu haqda Opta xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, nemis grandi 2025 yil davomida Bundesliga uchrashuvlarida jami 107 ta gol urgan. Bu ko‘rsatkich Yevropaning besh yetakchi chempionatlari orasida eng yaxshisi sanaladi.
Qizig‘i shundaki, ushbu rekord ham «Bavariya»ga tegishli bo‘lib, u 2021 yilda o‘rnatilgan — o‘shanda myunxenliklar 116 ta gol muallifi bo‘lgan.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida 15 turdan so‘ng «Bavariya» 41 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa eng yaqin ta’qibchi — Dortmundning «Borussiya»sidan to‘qqiz ochkoga oldinda bormoqda. Chempionlar ligasida esa myunxenliklar olti o‘yindan keyin 15 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.