\"Bavariya\" Gittens uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images
Myunxenning "Bavariya" klubi 20 yoshli angliyalik vinger Jeymi Gittensni sotib olish uchun kurashga qo‘shildi.
Kicker xabariga ko‘ra, amaldagi BundesLiga chempionlari Dortmund klubi futbolchisining transferi uchun 55 mln yevro sarflamoqchi.
Bu futbolchiga “Chelsi” jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi Jeymi borasida bir necha bor taklif bilan chiqqaniga qaramay, germaniyaliklar bu takliflarni rad etib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jeymi 2022 yildan beri “Borussiya D” jamoasida o‘ynab kelmoqda.
Gittens bungacha "Caversham Trents", "Chelsi", "Reding" va "Manchester Siti" kabi klublar akademiyalarida futbol ta’limini olgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist