locale OZ

«Bavariya» Gibbs-Uayt uchun «Tottenhem» bilan raqobatga kirishdi

Angliyalik futbolchiga da’vogarlar soni ortmoqda.
«Bavariya» Gibbs-Uayt uchun «Tottenhem» bilan raqobatga kirishdi
ФОТО: Getty images

«Nottingem Forest»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt faoliyatini Myunxenning «Bavariya» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda talkSPORT xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi 26 yoshli angliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Gibbs-Uayt yaqinda Angliya terma jamoasiga navbatdagi Millatlar ligasi uchrashuvlarida ishtirok etish uchun chaqiruv oldi.

Agar transfer amalga oshsa, yarim himoyachi Myunxenda o‘z hamyurti Garri Keyn bilan bir jamoada o‘ynaydi.

Avvalroq Gibbs-Uaytga Londonning «Tottenhem» klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. «Shporlar» futbolchi transferi uchun qariyb 150 million yevro sarflashga tayyor ekani aytilgan.

Gibbs-Uayt joriy mavsumda Angliya chempionatida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting