«Bavariya» Gehiga qiziqmoqda
Shuningdek, Gehi uchun kurashda “Liverpul” va “Barselona” raqobat qilishi kutilmoqda.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" klubi himoyachi Mark Gehi bilan shartnoma imzolashda faol harakatlarga o'tdi. Bu haqida insayder Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko'ra, myunxenliklar allaqachon "Kristal Pelas"ning 25 yoshli himoyachisining vakillari bilan bog'langan. Ehtimoliy transfer nemis klubini Dayo Upamekano va Kim Min Jae tark etishiga bog'liq bo'ladi.
Shuningdek, Gehi uchun kurashda "Liverpul" va "Barselona" raqobat qilishi kutilmoqda.
Gehi bu mavsumda APLda 7 o'yin o'tkazib, bittadan gol va assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist