«Bavariya» Gehi uchun kurashga qo‘shildi
25 yoshli futbolchiga APLning ikki yetakchilari ham qiziqish bildirmoqda.
ФОТО: Getty images
"Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gehi faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Kristian Falk ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Myunxenning "Bavariya" klubi uni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
25 yoshli ingliz avvalroq "Liverpul"ga o‘tishga yaqin turgandi, ammo transfer amalga oshmadi. Gehi "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, biroq londonliklarning asosiy jamoasida o‘z o‘rnini topa olmadi. 2021 yilning yozida "Kristal Pelas" uning shartnomasini sotib oldi.
Shuningdek, "Manchester Siti" ham Gehini qishda o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.
Bundesliganing 3 turidan so‘ng "Bavariya" 9 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist