locale OZ

\"Bavariya\" Gambiya chempionatidan futbolchi transfer qilmoqda

Kelishuv yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bavariya" Gambiya chempionatidan futbolchi transfer qilmoqda
Foto: Getty Images

Myunxenning "Bavariya" klubi Gambiyaning "Gambinos Stars Africa" akademiyasida to'p surayotgan 18 yoshli yarim himoyachi Bara Sapoko Ndiayeni o'z safiga qo'shib olmoqda.

Transfer bozoridagi ishonchli insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishgan. Futbolchi uzoq muddatli loyiha uchun emas, balki bevosita asosiy jamoa tarkibi uchun transfer qilinmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" skautlari Bara Sapoko Ndiayeni uzoq vaqt davomida kuzatib borgan va uning salohiyatini yuqori baholagan. Klub rahbariyati yosh yarim himoyachi yaqin mavsumlarda asosiy tarkib uchun foydali futbolchilardan biriga aylanishiga ishonmoqda.

Transferning moliyaviy tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan. Shuningdek, futbolchi bilan imzolanadigan shartnoma muddati ham rasman e'lon qilinmagan.

So'nggi yillarda "Bavariya" yosh va istiqbolli futbolchilarni tarkibga jalb qilish strategiyasiga alohida e'tibor qaratmoqda. Bara Sapoko Ndiayening transferi ham klubning ushbu siyosatining navbatdagi qadami sifatida baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting