«Bavariya» fevral oyida 17 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolaydi
Hozirda tomonlar oʻzaro kelishuvga erishgan.
FOTO: Getty Images
«Bavariya» Ekvadorning U-17 yoshlar terma jamoasi markaziy himoyachisi Virjilyo Olayaning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, 17 yoshli futbolchi fevral oyida myunxenliklar bilan 4,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Qayd etilishicha, «Bavariya» allaqachon himoyachi uchun ijara asosida to‘p surishi mumkin bo‘lgan mos klub qidirmoqda.
Olaya Ekvadorning «Aukas» klubi sharafini himoya qiladi. Ushbu klub avvalroq «Bavariya» va «Los-Anjeles» FKning yosh iqtidorlarni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihasi — Red&Gold Football bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist