locale OZ

«Bavariya» Fernandeshni sotib olmaydi

«Manchester Yunayted» kelayotgan yozda yarim himoyachi Brunu Fernandeshni sotishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Fernandeshni sotib olmaydi
photo: gettyimages

«Manchester Yunayted» kelayotgan yozda yarim himoyachi Brunu Fernandeshni sotishi mumkin. Bu haqdagi mish-mishlar matbuotda anchadan beri yuribdi.

31 yoshli portugaliyalik futbolchiga nafaqat Saudiya Arabistoni, balki Yevropa klublari, xususan, «Bavariya» ham qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Biroq, jurnalist Kristian Falkning o‘z saytida xabar berishicha, «Bavariya» Fernandeshni sotib olmaydi. Myunxenliklar yozda Leon Goretska jamoani tark etishini inobatga olib, yarim himoyachilar bozorini o‘rganishmoqda, ammo Brunu Bundesliga grandining talablariga javob bermaydi. Bunga uning transfer narxi yuqoriligi ham sabab bo‘lgan.

Nufuzli Transfermarkt portali Brunu Fernandeshning qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting