«Bavariya» Fernandeshga da’vogarlik qilmoqda
Fernandeshning transferi 70 million funtga baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Bruno Fernandesh faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi portugaliyalik 31 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda.
Fernandeshning transferi 70 million funtga baholanmoqda. "MYU" agar summa ma’qul kelsa, Fernandesh bo‘yicha takliflarga ochiq.
Shuningdek, futbolchini Saudiya klublari ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Bruno Fernandesh joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 9 ta o‘yin o‘tkazdi. Ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist