\"Bavariya\" Eze bilan muzokaraga kirishdi
Photo: Getty Images
Myunxenning “Bavariya” klubi “Kristal Pelas” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Eberechi Eze bilan muzokaraga kirishdi.
The Sun xabariga ko‘ra, “Arsenal” ham futbolchiga jiddiy qiziqmoqda va “Bavariya” bilan raqobatlashadi.
Myunxen klubi Jamal Musialaning o‘rnini ushbu futbolchi bilan to‘ldirmoqchi. Musiala jiddiy jarohat sababli safdan chiqqan.
Ta’kidlanishicha, Ezening shartnomasida 68 million funt sterling sotib olish varianti mavjud.
O‘tgan mavsumda Eze barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda qatnashib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor