locale OZ

«Bavariya» Entoni Gordon uchun 90 million yevro to‘lashdan bosh tortdi

Qayd etilishicha, nemis klubi angliyalik futbolchi uchun bunday katta mablagʻ toʻlashga tayyor emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Entoni Gordon uchun 90 million yevro to‘lashdan bosh tortdi
FOTO: Getty Images

Germaniyaning «Bavariya» hamda Angliyaning «Nyukasl» klublari «zag'izg'onlar» hujumchisi Entoni Gordonning transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasi klubining dastlabki talabi 90 million yevroni tashkil etmoqda. Xuddi shu narx Gordonning boshqa xaridorlari — «Barselona», «Arsenal» va «Liverpul»ga ham ma’lum qilingan. Kutilishicha, bonuslarni hisobga olgan holda transferning haqiqiy summasi 75–85 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, «Bavariya» angliyalik futbolchi uchun bunday katta mablag‘ to‘lashga tayyor emas. Shu sababli, myunxenliklar boshqa nomzodlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting