locale OZ

«Bavariya» Entoni Gordon transferiga darvozabonini qo‘shib bermoqchi

«Nyukasl» esa oʻz yulduzi uchun 68 mln funt sterling narx qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Entoni Gordon transferiga darvozabonini qo‘shib bermoqchi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi «Nyukasl» qanot hujumchisi Entoni Gordonni sotib olish bo‘yicha kutilmagan reja tuzdi. Bild nashrining xabar berishicha, nemis grandi 29 yoshli darvozabon Aleksandr Nyubelni ushbu kelishuvga qo‘shish orqali ingliz vingerining transfer narxini tushirishni maqsad qilgan. Ayni paytda «Hakkalar» o‘z yulduzini kamida 68 million funt sterlingga (78,8 million yevro) baholamoqda. Myunxenliklar rahbariyati bu mablag‘ni sezilarli darajada kamaytirish niyatida.

«Nyukasl» ayni damda faol tarzda yangi posbon qidirmoqda, chunki jamoaning asosiy darvozaboni Nik Poup yozda klubni tark etishga yaqin turibdi. Aleksandr Nyubel esa «Shtutgart»dagi ijara muddatini yakunlab, «Bavariya»ga qaytishi kutilmoqda, biroq uning myunxenliklar safida qolish ehtimoli juda past. Shu sababli, nemis darvozaboni Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishga qarshi emasligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Entoni Gordon yakunlangan mavsumda «Nyukasl» safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatbaga mualliflik qildi. 25 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portali vingerning ayni paytdagi bozor qiymatini 60 million yevro deb baholagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting