«Bavariya» Diasning diskvalifikatsiyasi bo‘yicha apellyatsiya beradi
Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchi Luis Dias bo‘yicha apellyatsiya berishga qaror qildi. Bu haqda klub bosh direktori Yan-Kristian Drizen ma’lum qildi.
Kolumbiyalik o‘yinchi Chempionlar Ligasi doirasidagi "PSJ"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi, ammo o‘yin davomida Ashraf Hakimiga nisbatan jiddiy qo‘polligi uchun qizil kartochka olgandi.
UEFA Diasning qo‘polligini jiddiy qoidabuzarlik sifatida baholadi va uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.
"Biz apellyatsiya berish uchun UEFAdan qarorni yozma ravishda asoslashni so‘radik. Ko‘ramiz, diskvalifikatsiya muddatini qisqartira olamizmi? Biz diskvalifikatsiya faqat bir o‘yinga bo‘lishini taxmin qilgandik. Uch o‘yinga diskvalifikatsiya bizni juda hayratda qoldirdi," — dedi Drizen Sky Sports nashriga.