\"Bavariya\" Dias bilan kelishib oldi
Photo: Getty Images
“Liverpul” hujumchisi Luis Dias “Bavariya”ga o‘tishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bild.
Myunxenliklar sport direktori Maks Eberl "Liverpul" vingeriga aniq taklif bilan murojaat qildi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.
“Bavariya” Dias bo‘yicha “Liverpul” bilan kelishuvga erishishi kerak. Mersisaydliklar kolumbiyalik futbolchini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil qiladi. O‘tgan mavsumda APLda Luis 36 o‘yinda 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist