“Bavariya” Chempionlar Ligasida tarixiy 900-gollik marraga yetdi
“Bavariya” Yevropa Chempionlar Kubogi va UEFA Chempionlar Ligasi tarixida 900 ta gol urgan ikkinchi klubga aylandi. Bungacha ushbu marrani faqat Madridning “Real” klubi zabt etgan edi.
Myunxenliklar tarixiy natijani Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 1-turida “Budyo-Glimt”ga qarshi uchrashuvda qayd etdi. “Bavariya” 5:0 hisobida g‘alaba qozondi, Jamal Musialaning 47-daqiqada kiritgan goli esa klubning turnir tarixidagi 900-goli bo‘ldi.
Keyinchalik Harri Keyn va Alfonso Devis ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi, Maykl Olise esa dubl qayd etdi. Shu tariqa “Bavariya” yangi mavsumdagi Chempionlar Ligasi yurishini yirik g‘alaba bilan boshladi.
Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar Kubogi va Chempionlar Ligasi tarixida eng ko‘p gol urgan klub “Real Madrid” bo‘lib qolmoqda. Madridliklar hisobida 1139 ta gol mavjud.