«Bavariya» Bundesligadagi 35-chempionligini qoʻlga kiritdi
Myunxenliklar turnir yakunlanishiga 4 tur qolganida chempionlik masalasini hal qildi.
FOTO: Getty Images
«Bavariya» Bundesliganing 30-turi doirasidagi o‘yinda «Shtutgart»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi va o‘z tarixida 35-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritib, milliy rekordni yangiladi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bavariya» 79 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Myunxenliklar Germaniya chempionatining joriy mavsumi qolgan qismida «Mayns» (25 aprel), «Haydenhaym» (2 may), «Volfsburg» (9 may) va «Kyoln» (16 may) jamoalariga qarshi maydonga tushadilar. Ayni damda bavarallar hisobida 25 ta g‘alaba, 4 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat mavjud.
Bundesliga turnir jadvalida 64 ochko bilan Dortmundning «Borussiya» jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 59 ochko bilan «RB Leypsig» yakunlab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist