locale OZ

“Bavariya” Bundesligada qariyb ikki yildan beri safarda yutqazmayapti

Jamoaning safardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi hozirda 26 ta uchrashuvga yetgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bavariya” Bundesligada qariyb ikki yildan beri safarda yutqazmayapti
Foto: Getty Images

“Bavariya” Germaniya Bundesligasida safar uchrashuvlaridagi uzoq mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Myunxenliklar chempionat doirasida 2024-yil dekabridan buyon mehmonda biror marta yutqazmagan.

Jamoaning safardagi mag‘lubiyatsiz seriyasi hozirda 26 ta uchrashuvga yetgan. Ushbu bahslarda Vensan Kompani jamoasi 20 ta g‘alaba qayd etib, 6 marta durang o‘ynagan.

“Bavariya” Bundesligadagi so‘nggi safar mag‘lubiyatini 2024-yil dekabr oyida “Mayns”ga qarshi uchrashuvda qabul qilgan. O‘sha bahs myunxenliklarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” yangi Bundesliga mavsumidagi ilk safar uchrashuvini 5-sentabr kuni “Shalke”ga qarshi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting