«Bavariya» Bundesligada gollar boʻyicha tarixiy rekord oʻrnatdi
Kompani jamoasi hisobida allaqachon 53 ta gol bor.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" Bundesliga 31-turi doirasidagi safar uchrashuvida "Maynts" ustidan 4:3 hisobida irodali g'alabaga erishdi.
Myunxenliklar birinchi bo'limni yomon o'tkazib, tanaffusga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan holda chiqib ketishdi, biroq tanaffusdan so'ng uchrashuv borishini to'liq o'zgartira oldilar va g'alabani ilib ketdilar.
Bayern & Germany xabariga ko'ra, bu o'yin jamoa uchun tarixiy bo'ldi: "Bavariya" Bundesliga tarixida birinchi bo'lib bir mavsumda safar o'yinlarida 50 ta gol urish marrasiga yetdi. Hozirda Vensan Kompani jamoasi hisobida allaqachon 53 ta shunday gol bor va oldinda "Volfsburg"ga qarshi yana bir safar o'yini kutib turibdi.
Avvalroq Myunxen klubi joriy mavsumda chempionlikni muddatidan oldin rasmiylashtirgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist