«Bavariya» Bundesligada 54 yillik rekordni yangiladi
Jamoa 1971/72-yilgi mavsumda raqiblar darvozasini 101 marta ishg‘ol qilgan.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” klubi futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining bitta mavsumida urilgan gollar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.
29-tur doirasidagi “Sant-Pauli”ga qarshi safar o‘yinida “Bavariya” futbolchilari javobsiz beshta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Natijada joriy turnirdagi jami gollar sonini 105 taga yetkazib oldi. Avvalgi rekord ham aynan Myunxen klubiga tegishli edi – jamoa 1971/72-yilgi mavsumda raqiblar darvozasini 101 marta ishg‘ol qilgan.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Bavariya” 76 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist