locale OZ

«Bavariya» Bundesliga rekordini oʻrnatdi

Myunxenliklar joriy mavsum hali magʻlubiyatga uchramadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bavariya» Bundesliga rekordini oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi Bundesligada yangi rekord oʻrnatdi. Jamoa mavsum boshida barcha turnirlar doirasida ketma-ket 12 ta gʻalabaga erishdi. Bu haqda Opta Sports xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Yevropaning TOP-5 chempionatlari orasida bundan yaxshiroq start faqat «Milan» tomonidan 1992/1993 yilgi mavsumda qayd etilgan. Oʻshanda «rossonerilar» ketma-ket 13 ta oʻyinda gʻalaba qozongandi.

Bundesliga jadvalining yettinchi turi yakunlariga koʻra, «Bavariya» 21 ochko bilan birinchi oʻrinni egallab turibdi. Eng yaqin taqibchi «Leypsig» safida esa 16 ochko mavjud.

Myunxenliklar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan soʻng 9 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Eslatib oʻtamiz, «Bavariya» Germaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting