Bavariya Bundesliga mavsumidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
Vensan Kompani jamoasi Germaniya chempionatining 19-turida Augsburgga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
photo: gettyimages
Bavariya Bundesliga mavsumidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
Vensan Kompani jamoasi Germaniya chempionatining 19-turida Augsburgga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bungacha myunxenliklar turnirning joriy mavsumida 16 ta g‘alabaga erishib, ikki marta durang o‘ynashgan edi.
Bavariya 50 ochko to‘plagan holda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Hali bu turda o‘ynamagan Dortmundda 39 ochko. Kompani jamoasi baribir katta farq bilan oldinda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor