«Bavariya» Asensio borasida «PSJ» bilan bog‘landi
Фото: Getty Images
“PSJ”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Marko Asensio “Bavariya” safiga o'tishi mumkinligi haqida Fichajes xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi futbolchi jamoaga tajriba va hujumda universallik olib kira olishiga ishonmoqda. Qayd etilishicha, parijliklar Asensioning transferiga to‘sqinlik qilmaydi. Klublar o‘rtasida yaxshi munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan.
Avvalroq “Aston Villa” klubi ham Asensioni sotib olish masalasida “PSJ” bilan bog‘langandi.
Marko Asensio 2015 yildan 2023 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan. Yarim himoyachi “PSJ” safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 11 ta assist qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist