locale OZ

\"Bavariya\" APLdan himoyachi olib kelmoqchi. Futbolchining narxi 60 mln yevroni tashkil etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bavariya" APLdan himoyachi olib kelmoqchi. Futbolchining narxi 60 mln yevroni tashkil etadi
Photo: Getty Images

Myunxenning “Bavariya” klubi o'z safiga yozda himoyachi qo'shib olishni istamoqda. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, jamoa “Bornmut” himoyachisi Din Xeysennni kuzatmoqda va futbolchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.

Myunxen klubi Dinga besh yillik shartnoma taklif etishi mumkin. Ammo “Bornmut” yosh futbolchisini 60 million yevrodan kamiga sotishni istamayapti.

Ma'lumot uchun, niderlandiyalik futbolchining “olchalar” bilan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting